Gruziyada o’tgan parlament saylovlarida muxolif partiyalar koalitsiyasi aksariyat o’rinlarni qo’lga kiritdi. Amaldagi prezident Mixail Saakashvili partiyasining mag’lubiyatini tan olib, muxolifat tuzadigan yangi hukumat bilan ishlashga tayyor ekanini aytdi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi yangi hukumat davrida Gruziya bilan munosabatlar iliqlashishiga umid qilmoqda.
Vazirlik so’zlovchisi Aleksandr Lukashevichning aytishicha, Gruziya jamiyati saylovda o’zgarishlar uchun ovoz berdi.
“Umid qilamizki, Gruziya bundan buyon o’z qo’shnilari bilan aloqalarni o’zaro hurmat va ishonch asosida yaxshilashga harakat qiladi”, deyiladi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.
AQSh Davlat kotibi Xillari Klinton ham Gruziya xalqini saylovda tinch va faol ishtirok etgani bilan tabrikladi. U yangi parlamentdagi barcha partiyalarni respublikaning demokratik va iqtisodiy taraqqiyoti uchun birga ishlashga chaqirdi.
“Gruziya xalqi uchun porloq kelajakni ta’minlash hamda aloqalarimizni yanada mustahkamlash uchun biz yangi parlament, hukumat va Gruziya prezidenti bilan hamkorlikka tayyormiz”, dedi AQSh rasmiysi.
Kecha Gruziya prezidenti Mixail Saakashvili o’z partiyasining saylovdagi mag’lubiyatini tan olib, yangi hukumat bilan ishlashga tayyor ekanini aytdi. U saylov kampaniyasi davrida muxolif koalitsiya g’olib bo’lsa, Gruziya G’arbdan uzoqlashib, yana Moskva ta’siri ostiga tushib qolishi haqida ogohlantirgan edi.
“Men bu koalitsiya qarashlariga aslo qo’shilmayman. O’rtamizda katta tafovut bor va ularning qarashlarini biz mutlaqo noto’g’ri deb bilamiz. Ammo demokratiya bo’yicha ko’pchilik gruziyaliklar nimani xohlasa, shu bo’ladi va biz bunga rioya qilamiz”, - dedi prezident Saakashvili.
Saakashvilining prezidentlik muddati kelasi yil o’z nihoyasiga yetadi. Konstitutsiyaga kiritilgan o’zgartirishlarga ko’ra, shundan so’ng prezidentning ko’plab vakolatlari bosh vazirga o’tadi. Muxolif koalitsiya rahbari, milliarder Bidzina Ivanishvili prezidentni darhol iste’foga chaqirdi.
“Konstitutsion tuzatishlar bo’yicha Saakashvili hokimiyatni o’zida saqlab qola olmaydi. Bunga endi imkoniyati yo’q. Hozir u uchun eng oson va to’g’ri yo’l - iste’foga chiqish va yangi prezident saylovlarini o’tkazish”, - deydi siyosatchi.
Ammo bugungi bayonotida Ivanishvili prezidentning iste'fosini talab qilish niyatidan qaytganini ma'lum qildi.
Ivanishvili bosh vazir bo’lish niyatida. Bizga muxolif bo’lganlarga hech qanday tazyiq o’tkazmaymiz, deydi u.
Uning aytishicha, Gruziya ham G’arb, ham Rossiya bilan yaqin aloqada bo’lishni istaydi hamda NATO va Yevropa Ittifoqiga qo’shilish siyosatida davom etadi.
Your browser doesn’t support HTML5