Germaniya Amerika razvedkachisini Berlindan haydadi

  • Amerika Ovozi

Norozi kansler Angela Merkel nazarida ittifoqchi mamlakatlar ketidan kuzatish – samarasiz ish.

Berlin gumoniga ko’ra, Vashington Germaniya fuqarolarini o’ziga og’dirishga va maxfiy hujjatlarni undirishga harakat qilgan.

Germaniya AQShning razvedka bo’yicha yirik mulozimini Berlindan haydadi. Yaqin ittifoqchi ikki davlat uchun g’ayrioddiy qaror.

Berlin gumoniga ko’ra, Vashington Germaniya fuqarolarini o’ziga og’dirishga va maxfiy hujjatlarni undirishga harakat qilgan.

Germaniyaning ikki fuqarosi Amerika foydasiga josuslik qilgani taxmin qilinar ekan, Vashington masalani oshkora muhokama qilishdan bosh tortmoqda.

Yil boshida Amerika razvedkasi Germaniya va boshqa ittifoqchi davlatlarda maxfiy kuzatuvlar olib borgani, jumladan, kanslerning telefonini zimdan eshitgani ayon bo’lgan edi.

Norozi kansler Angela Merkel nazarida ittifoqchi mamlakatlar ketidan kuzatish – samarasiz ish. Muammolar shundoq ham ko’p, ana shular yechimiga kuch sarflagan ma’qul, deb hisoblaydi Germaniya rahbari.