Amerika hukumati “General Motors” avtomobilsozlik kompaniyasiga 35 million jarima soldi.
Sabab, deyiladi federal ayblovnomada, motorni harakatga keltirish tizimidagi xatolar vaqtida aniqlanmagani va tuzatilmagani bois 13 inson nobud bo’lgan.
AQSh Transport vaziri Entoni Foks deydiki, “General Motors” o’zining “Chevrolet Cobalt” rusumidagi mahsulotini bozordan qaytib olganiga qaramay haqqoniy ish tutmagan.
"Muammo haqida biz 2014-yilning fevralida bildik. Vaholanki, kompaniya bu nuqson xususida oldindan, yillar oldin, bilgan, lekin yashirgan”.
“General Motors” – Amerikaning eng yirik avtomobilsozi. Muammoli mashinalarini bu yil boshidan beri ta’mirga chaqirmoqda.
Kompaniya jarima bilan qutulmaydi, deydi rasmiylar, unga yana qator ayblar qo’yilmoqda.
"General Motors" O'zbekistonda qo'shma korxonaga ega. Har ikki davlat hukumati uni iqtisodiy hamkorlik namunasi deya ko'z-ko'z qilib keladi. Lekin xaridorlar orasida uning mahsulotlari va xizmatlaridan noliydiganlar ham ko'p.
Kompaniya har bir muammo va nuqson izchil ko'rib chiqiladi va shikoyatlar hal etiladi deya va'da berib keladi.