Koronavirus shu kungacha hurmat belgisi bo’lgan qo’l berib ko’rishish an’anasiga vaqtincha chek qo’yishi mumkin. Bunday amaliyot bir necha asr oldin boshlangan bo’lib, qo’lda qurol yo’qligini ko’rsatish uchun, tinchlik ma’nosida bajarilar edi.
Koronavirus pandemiyasi qo’lni virus tarqatuvchi halokatli qurolga aylantirdi.
“Qo’llarimiz mikrobiomlarimizni boshqa odamlar, joylar, buyumlar mikrobiomlariga ulovchi gavjum chorrahaga o’xshaydi”, - deyiladi yaqinda “Dermatologiya fani jurnali”da chop etilgan bir maqolada.
Ijtimoiy axloq normasi sifatida bundan keyin qo’l siqishning o’rnini qanday imo-ishoralar egallashi mumkin? Musht yoki tirsakni bir-biriga urishtirshmi yoki yapon ana’anasiga ko’ra ta’zim bajo aylashmi? Balki bosh kiyimni yechishdir?
Inson kaftida yuzlab bakteriya va viruslar to’planadi.
“Tasavvur qiling-a, har safar biror narsaga qo’l tekkizganingizda, o’sha narsa ustidagi organizmlarning yarmini terib olasiz”, - deydi Arizona universitetida mikrobiolog Charlz Gerba.
Ozodalikka rioya qilmaydigan odamlar qo’llarida salmonella, E-Coli, norovirus hamda adenovirus va oyoq va og’iz kasalligi kabi nafas olish yo’llari infeksiyalarini topish mumkin. Bularning hech biri ko’zga ko’rinmaydi, faqat mikroskop ostida ko’rish mumkin, xolos.
“Hujayralarni tomosha qilish zavqlidir. Ular o’lganda rangini yo’qotadi”, - deydi viruslar harakatlanishini o’rganuvchi Gerba.
Unga ko’ra, 4 soatda idora eshigining tutqichidagi virus binodagi xizmatchilar va tashqi yuzaning 50 foiziga o’tadi. Xonadonda esa 90 foiziga. Mehmonxonadagi virus xonadan xonaga va ba’zan yaqin atrofdagi majlislar zaliga o’tadi.
2003-yilgi SARS yoki Qattiq o'tkir respirator sindrom epidemiyasidan so’ng Gerba qo’l berib so’rashishni to’xtatgan.
“Har safar shamollaganman deb bahona qilaman”, - deydi u.
AQShning yetakchi infeksionisti Entoni Fauchi ham hammani shunga da’vat etadi.
“Qo’l siqishni bas qilinglar”, - deydi u.
Biroq ba’zan bunday harakat kelishuv, murosa ma’nosini anglatishi mumkin.
“Imzolash marosimida qo’l siqish suratga olinishi muhim”, - deydi Ogayo davlat universiteti professori Doroti Noyes.
Davlat rahbarlari o’rtasidagi bu harakat ishonchni, ijobiy muhitni anglatadi. Ayniqsa ko’p oylik muzokaralar natijasida erishilgan bitim imzolanishi ketidan.
Bu an’ana va odatdan voz kechish hali-beri oson bo’lmaydi.