Internetga maxfiy hujjatlarni chiqarish bilan tanilgan WikiLeaks sahifasi Pentagon va razvedka xizmatlarining AQShning Kubadagi Guantanamo qamoqxonasida saqlangan 700 dan ziyod mahbusga doir yuzlab yangi hujjatlarini oshkor etgan.
Ularda aytilishicha, mahbuslarning 172 nafari AQSh va ittifoqchi davlatlar xavfsizligiga hali ham tahdiddir. 600 mahbus shu kungacha ozod etilgan yoki boshqa davlatlarga topshirilgan. Uchdan bir qismida zo’ravonlikka qayta qo’l urish ehtimoli yuqori ekani aytiladi.
Ayrim nashrlar WikiLeaks dan olingan ma’lumotlarni bugun chop etgan. Ularga ko’ra, 150 dan ziyod mahbusning aybsiz ekani aniqlangan.
AQSh Mudofaa vazirligi va Davlat departamenti hujjatlarning internetda e’lon qilinganini qoralamoqda.