Chak Xeygl hamkor davlatlarga "xavotirga o'rin yo'q" demoqda

  • Amerika Ovozi

Manama, Bahrayn, 7-dekabr, 2013

AQSh Mudofaa vaziri ayni damda Afg’onistonda. Undan oldin Yaqin Sharqda bo’lgan Chak Xeyglning asosiy gapi shuki, Amerika o’z maqsad va hamkorlariga sodiq.

Your browser doesn’t support HTML5

"Amerika Ovozi" xabarlari, 7-dekabr, 2013


Afg’onistondan qo’shinlarni olib chiqadi lekin yordamni davom ettiradi. Eron bilan murosa qilishni istaydi lekin bundan xavotirga tushgan yaqin va qo’shni davlatlar manfaatlariga qarshi ish tutmaydi.

Xeygl bugun Bahraynda o’tgan anjumanda shu haqda so’zladi.

Yaqin Sharqda Amerika 35 ming qurolli kuchga ega, shuningdek, ulkan razvedka tizimlariga hamda og’ir qurollarga, masalan tanklar, artelleriya, avianosets va harbiy kemalarga. Ular hududni tark etmaydi, deydi Xeygl.

Mintaqadagi hamkorlar o’z navbatida bu hamkorlik davom etadi deya qayd etgan.