AQSh vitse-prezidenti Kamala Harris AQSh tomon migratsiya oqimini to’xtatish uchun shu hafta Gvatemala va Meksikaga yo’l olmoqda.
Your browser doesn’t support HTML5
Migratsiya bilan shug’ullanuvchi mutaxassislar nazarida, qashshoqlik va zo’ravonlik – odamlarni o’z uylarini tashlab, Amerika tomon yo’lga chiqishga majbur qilayotgan asosiy omillar.
AQSh sobiq prezidenti Donald Trampning 2019-yilgi siyosati Amerikadan siyosiy boshpana olmoqchi bo’lgan odamlarga arizasi natijasini Meksikada kutishni talab qilgan edi. Natijada ikki yilda salkam 70 ming odam Meksikaga qaytarilgan. Biroq Bayden bu siyosatni bekor qildi. Shundan so’ng Amerikaning janubiy chegarasi tomon migrantlar yana oqib kela boshladi.
Masalan, aprel oyida 180 ming odam chegaradan o’tishga harakat qilgan. Bu mart oyidagi vaziyatga qaraganda 3 foiz ko’p. Amerikaliklarning 5 dan 4 qismi chegaradagi vaziyatni muammo deb biladi.
Ayrim siyosatchilarga ko’ra, chegara xavfsizligini kuchaytirish bilan birga migrantlar vatanidagi ahvolni, ularni yurtini tashlab chiqishga majbur qilayotgan omillarni chuqurroq o’rganish zarur.
“Salvador, Gvatemala va Gonduras ahli farzandlarini yolg’iz uzoq safarga nega otlantirayotganini o’rganyapmiz”, - deydi AQSh Ichki xavfsizlik vaziri Alexandro Mayorkas.
Respublikachi qonunchilar Bayden ma’muriyatining chegara siyosatini, Tramp paytidagi ayrim qoidalarning bekor qilinganini tanqid qillmoqda.
“Vitse-prezident Harris chegaraga borib, vaziyatni o’z ko’zi bilan ko’rsin. Balki shunda Prezident Bayden bilan gaplashib, ish bermagan ayrim siyosatidan voz kechishga unday olar”, - deydi Vakillar palatasining a’zosi Stiv Skalis.