Parkinson kasalining davosi yo’q, lekin badantarbiyada gap ko’p

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

Tomosha qiling

Asab tizimini ishdan chiqaradigan parkinson xastaligiga dunyo bo’ylab 6 million odam chalingan. Ilk alomatlaridan biri – titroq. Asta-sekin esa bemor umuman harakatlana olmay qoladi. Kasallikka davo yo’q. Muolajalar dori ichish va jarrohlik operatsiyasidan tarkib topgan. Ammo endi parkinsondan dard chekayotganlarning ahvolini jismoniy mashqlar bilan yengillashtirish mumkin.

Your browser doesn’t support HTML5

Parkinson kasaliga chalinganlarga badantarbiya muhim - Navbahor Imamova

“Mushtingizni iloji boricha qattiq siqing. Keyin oching. Siqing. Oching”.

Bu keksalarning bari parkinson kasalligiga chalingan. Davolab bo’lmaydigan nevrologik xastalik harakatlanishni qiyinlashtiradi. Bemorlar ko’p qimirlamaydi. To’rt yil avval Geri Sobel shunday holda edi.

“Shunday ahvolga tushgandimki, to’shagimdan turmasdim. Yurish qiyin, yiqilib mayib bo’lish hech gap emas. Mashinaga o’tirish yoki tushish qiyin, mashinani haydolmay qolgandim. O’zimga ishonmasdim, chunki tezda tormozga bosish kerak bo’lsa, buning uddasidan chiqolmasligimni bilardim”.

Sobel kasallikka qarshi dori ichib yuradi. Ammo ahvolim jismoniy mashqlar sababli yaxshilandi, deydi u. Vaholanki 2008-yilda hatto shifokorlar unga kamroq harakat qilishni tavsiya etardi.

“Menga bunday diagnoz qo’yilganida hech tolimang, mashq qilmang, deyishgandi,” - hikoya qiladi u.

Ammo mashqlar tufayli ahvoli yaxshilanganini tushungan Sobel mushaklarini kuchaytirish va muvozanat ustida ishlashga kirishdi.

U va unga o’xshaganlar muvaffaqiyati tibbiy soha xodimlari nazariga tushdi, deydi Kolorado universitetidan shifokor Hezer In.

“Yondashuv 180 gradusga o’zgardi. Parkinson kasalligiga chalinganlar jismoniy mashq qilishi shart, deyila boshladi. Albatta, bu kasal rivojini to’xtatmaydi, chunki bemorlar doim dorilarga muhtoj. Ammo nogironga aylanish jarayoni sekinlashadi,” - dyedi u.

Geri Sobel: “Bu degenartiv kasallik bemorni og’ir ahvolga solib qo’yadi. Ammo o’zimni xastalik bilan kurashda g’olib sezyapman. Bu jang qancha davom etadi, bilmayman. Lekin harakatdaman”.

Sobel AQSh bo’ylab targ’ibot olib borib, yana 100 instruktor tayyorladi.

Your browser doesn’t support HTML5

Parkinson kasali va badantarbiya