Gollivud - kino, moda va mo'jiza makoni

  • Amerika Ovozi

Uni jahon kinosining poytaxti deyishadi. Gollivud - Kaliforniya shtati, Los-Anjeles shahridagi bir tuman. Studiyalar va yulduzlar makoni, Amerika filmlari ramzi. Ilk kinostudiya 1909 yilda bunyod etilgan. Shon-shuhrat yo'lagi ham shu yerda - 2600 dan ziyod aktyor va aktrisalarning ismi zikr etilgan. Har yili Gollivudda AQSh kinoakademiyasining oliy mukofoti "Oskar" taqdimoti o'tib, 24 yo'nalish bo'yicha g'olib aniqlanadi. O'tgan yili bu sanoat 10, 6 milliard dollar daromad ko'rgan. Har yili o'rtacha hisobda 600 kartina ekranga chiqadi.