“Hubble” (Xabbl) teleskopi borliq haqidagi tasavvurimizni o’zgartirdi. Qariyb chorak asrdan buyon samodan tasvirlar uzatayotgan bu apparat haqida Smitson muzeyida yangi ko’rgazma ochildi.
Teleskop 1990-yilda “Discovery” fazo kemasida samoga olib chiqilgan edi. U yuborgan ilk tasvirlar negadir xira chiqdi. “Hubble” loyihasi uchun mas’ul Daglas Brum o’shanda shumxabarni jamoatchilikka yetkazgan.
“Tekshiruvlarimiz shuni ko’rsatmoqdaki, teleskop optikasida jiddiy nuqson bor”.
Muammo “Hubble” ning asosiy oynasida bo’lgan. Uning qalinligi talabga javob bermagan.
Oradan ko’p o’tmay AQSh Fazo agentligi orbitaga missiya jo’natib, teleskop kamerasi va optikasini almashtirishga muvaffaq bo’ldi. Astronavtlar ana shunday murakkab operatsiyalarni bajara olishini isbotlagan, deydi Deyvid Devorkin, AQSh Kosmonavtika muzeyi kuratori.
“Koinotda yashab, ishlashdan ko’zlangan maqsad ham shu – ta’mirlash, kashfiyotlar qilish. Texnologiyalar haqida gapiradigan bo’lsak, bugungi teleskoplar ancha ilg’or. Uni bir marta tuzatganmiz, lekin to’rt marta qismlarini yangiladik”, - deydi u.
2009-yilda “Hubble” ning ayrim mexanik qismlari yechib olinib, ko’rgazmaga qo’yilgan. Vaqt o’tgan sari undan olingan tasvirlar o’tkirlashdi va tiniqlashdi. Ularni o’rganib, olimlar 14 milliard yil oldingi manzaraga nazar solishi mumkin. Galaktikamiz kengayib bormoqda, deydi tadqiqotchilar.
Deyvid Devorkin “Hubble” yordamida qilingan kashfiyotlar haqida so’zlaydi:
“…yulduzlar tizimi qanday paydo bo’ladi, gaz va chang bu jarayonga qanday hissa qo’shadi? Teleskop bugun ultraqizil va binafsha ranglarida ko’ra oladi. Bu ilmiy jihatdan ahamiyatli - eng olis galaktikalarda endi paydo bo’lgan yulduzlarni yorug’lik darajasiga qarab ilg’aydi”.
Insoniyatga qariyb chorak asr xizmat qilgan “Hubble” yangi vositalarga yo’l ochib beradi. 2018-yilda bundanda mukammalroq, bahaybat Jeyms Veb teleskopini uchirish mo’ljallangan. Uning oynalari “Hubble” nikidan besh baravar kattaroq.
“Jeyms Veb teleskopi aynan infraqizil nur bilan ishlaydi, shunga moslangan. Yulduzlar sistemasi, bepoyon galaktikalarda bo’layotgan jarayonlarni shu rangda ko’ra olamiz”, - deydi Devorkin.
“Hubble” yana uch-to’rt yil insoniyat xizmatida bo’ladi va samodan betakror suratlar uzatishda davom etmoqda.
Your browser doesn’t support HTML5