Jon Xantsmen - prezidentlikka da'vogar yana bir respublikachi

  • Amerika Ovozi

Yuta shtati sobiq gubernatori va AQShning Xitoy va Singapurdagi sobiq elchisi Jon Xantsmen

AQShda Respublikachilar partiyasidan yana bir da'vogar prezident poygasiga qo'shildi.

Yuta shtati sobiq gubernatori va AQShning Xitoy va Singapurdagi sobiq elchisi Jon Xantsmen bugun o'z nomzodini rasman e'lon qildi.

Shu kunga qadar 14 nafar respublikachi 2012-yil noyabrida prezident Obamaga qarshi bellashishga tayyor ekanini ma'lum qildi.

Kelasi yil boshida ular ichkipartiyaviy saylovlarda yagona nomzodni aniqlaydi.

Ular orasida Massachusets shtati sobiq gubernatori Mit Romni, Kongress Vakillar Palatasi sobiq spikeri Nyut Gingrich va Minnesota shtati sobiq gubernatori Tim Polentini alohida ta'kidlash mumkin.

Respublikachilar partiyasida ko'zga ko'ringan arboblar - Alyaska shtati gubernatori Sara Peylin va Nyu-York shahar sobiq meri Rudi Juliani saylovlarda ishtirok etish-etmasligini hali ma'lum qilmagan.

Shunday bo'lgan taqdirda so'nggi ijtimoiy so'rov natijalariga ko'ra asosiy kurash Peylin, Juliani va Romni o'rtasida kechishi mumkin.