Prezident Barak Obama Oq uyda mehmonlarni kutib olar ekan, yanglish diniy tasavvurlardan xalos bo'lish zarurati haqida gapirdi. Iftorga diplomat, qonunchi va yetakchi musulmonlar taklif qilindi.
Obamaning aytishicha, iftor Amerikada diniy erkinlik - uzviy qadriyat ekanini eslash uchun yaxshi imkoniyat.
Mehmonlar orasida Samanta Eluf ham bo'ldi. U hijob o'ragani uchun ishga olinmaganidan shikoyat qilib, Oliy Sudgacha chiqqan va g'olib bo'lgan.
Obama diniy nafratga asoslangan qonli hujumlarni tanqid qildi. O'tgan hafta Janubiy Karolina shtatidagi Charlston shahrida qora tanlilarning cherkovida sodir etilgan qatliom shular jumlasidan, dedi prezident.
Your browser doesn’t support HTML5
Bizni qo'rqitmoqchi bo'lganlarida, biz aksincha kuchga to'lamiz, dedi Oq uy rahbari. Amerikada hech kim shaxsiyati, ko'rinishi, e'tiqodi uchun o'qqa tutilmasligi kerak; har qanday nafratga qarshi turib berishga qodirmiz, dedi Barak Obama.
Prezident Yaqin Sharqdagi beqarorlik asorati hisoblangan qochqinlar taqdirini alohida tilga oldi. Bundan tashqari, Myanmada hujumga uchrayotgan rohinja musulmonlari haqida baralla gapirishimiz zarur, dedi u.
Your browser doesn’t support HTML5
Your browser doesn’t support HTML5