Xalqaro Valyuta Jamg'armasi iqtisodiy tanazzul haqida ogohlantirdi

  • Amerika Ovozi

Xalqaro Valyuta Jamg'armasining Vashingtondagi binosida

Xalqaro Valyuta Jamg'armasining ogohlantirishicha, boy davlatlarda moliyaviy tanazzul xavfi oshib bormoqda. Rivojlangan davlatlarda ham tanglik ehtimoli baland.

Jamg'arma rasmiysi Xose Vinalsning aytishicha, jahon bozorida o'sish sustlashgan, natijada sarmoyadorlar orasida vahima bor.

Mutaxassis iste'mol mollari bahosi pasayib borayotgani, Xitoy iqtisodiyoti sustlashib, daromad kamaygani kabilarni misol qiladi. Xitoy kattaligi jihatidan dunyoning ikkinchi iqtisodiyoti hisoblanadi.

Mamlakatda o'tkazilayotgan ayrim islohotlarga qaramasdan, eksportga juda bog'lanib qolmaslikka harakat qilinayotganiga qaramasdan, Xitoy kompaniyalarining ahvoli og'irlashib bormoqda.

Vinals Yevropa banklarini uzoq kutilgan islohotlarni amalga oshirishga da'vat etmoqda.

Iste'mol mollari bahosi pasayar ekan, rivojlanayotgan iqtisodiyotlar bundan zarar ko'rmoqda, deya ogohlantiradi u.

Mutaxassis jahon iqtisodiyoti yetakchilari Vashingtonda Xalqaro Valyuta Jamg'armasi, Jahon Banki va Katta Yigitmalik yig'inlari uchun jamul jam bo'layotgan bir paytda so'zladi.