Xalqaro valyuta jamg’armasining so’nggi bashoratlariga ko’ra, Yer sharining g’arbiy qismida iqtisodiyot oldingi bashoratlardan kattaroq qisqarishi kutilmoqda.
“Lotin Amerikasida bu ko’rsatkich 8 foizga yaqin bo’ladi”, - deydi jamg’arma rahbarlaridan biri Alexandro Verner.
Aprel oyida mintaqa iqtisodiyotida rivojlanish 5,2 foizga sekinlashishi bashorat qilingan edi, agar koronavirus inqirozi yilning ikkinchi yarmida yumshasa.
"Yumshashi aniq, biroq jarayon biz o’ylagandan sekinroq kechadi”, - deydi Verner.
Mintaqadagi ko’p davlatlar karantin choralari va turli cheklovlarga rioya qilmoqda, biroq Nikaragua kabi koronavirus tarqalishining oldini olish uchun hech qanday chora ko’rmayotgan mamlakatlar ham bor.
“Bir kun kelib infeksiya bunday mamlakatlarni urib, sog’liqni saqlash tizimi va iqtisodyotga jiddiy zarar yetkazadi”, - deydi jamg’arma vakili.
Shu kunga qadar tashkilot mintaqadagi 19 mamlakatga jami 3,4 milliard dollarga teng favqulodda kreditlar bergan. Amerika qit’asida eng katta iqtisodiy inqirozga yuz tutgan Venesuelaga moliyaviy yordam berilmadi, chunki xalqaro hamjamiyat Maduro hukumatidan yuz o’girgan.