Hindistonning Kerala shahridagi xalqaro aeroportda yetishtirilgan sabzavotlar yo’lovchilarning o’ziga taklif etilmoqda. Kuniga 30 ming odam aeroport xizmatidan foydalanadi.
Your browser doesn’t support HTML5
“Ko’p mamlakatlarga sayohat qilganman. Aeroportdagi dalada yetishtirilgan organik sabzavotlarni sotib olish juda qulay”, - deydi Anil Manimala ismli yo’lovchilardan biri.
Egatlar esa quyosh panellarining orasida joylashgan. Kochin xalqaro aeroporti energiyaga bo’lgan barcha ehtiyojlarini quyoshdan olingan quvvat hisobiga qoplaydi.
18 gektar maydonda 46 mingta quyosh panelini yuvishga ishlatiladigan suv hisobiga sabzavotlar ham chanqog’ini qondiradi. Ko’chatlardagi namlik hisobiga esa panellarga chang o’tirmaydi.
Xo’jalik mahalliy ayollarni ish bilan ta’minlaydi.
Aeroport boshqaruvchisiga ko’ra, o’tgan yili bu yerda salkam 80 tonna qovoq, loviya va boshqa turdagi sabzavotlar yetishtirilgan.
“Odatda ularni o’z xodimlarimizga sotamiz. Aeroportda salkam 8000 odam ishlaydi. Yana taxminan 30 ming odam yo’lovchi sifatida kelib-ketadi. Xodimlardan qolganini yo’lovchilarga sotamiz”, - deydi Vi Jey Kurian.
Loyihaning muvaffaqiyati talabalar va tadqiqotchilar diqqatini tortdi. Ular dalaga kelib, kimyoviy o’g’itlar va pestitsidlarsiz hosil yetishtirishni o’rganmoqda.