Shanxay hamkorlik tashkilotining ikki kunlik tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun Moskvaga borgan Hindiston va Xitoy vazirlari o’zaro muloqot qilib, Rossiya vositachiligida Himolay tog’laridagi munozarali chegarada taranglikka barham berishga kelishib oldi.
Your browser doesn’t support HTML5
Xitoy vaziri Van Yi va Hindiston vaziri Jayshankarning aytishicha, tomonlar chegaradan qo’shinlarini olishga buyruq bergan.
Iyun oyida chegaradagi otishmada 20 nafar hind askari o’ldi, shu hafta boshida esa tomonlar bir-birini havoga o’q uzganlikda va demarkatsiya qilinmagan hududda qurol ishlatmaslik haqidagi kelishuvni buzganlikda aybladi.
Xitoy Tashqi ishlar vazirligiga ko’ra, Van Yi Jayshankar bilan uchrashuv chog’ida provokatsiyalar va boshqa turdagi xavfli xatti-harakatlarni bas qilishga chaqirgan.
Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bugungi kelishuvni olqishladi.
Xitoy va Hindiston yillar davomida Himolaydagi chegarani talashib keladi, 1962-yilda ikki davlat buni deb hatto urushgacha borgan.