Indiana shtatida diniy erkinlikka oid yangi qonun keskin bahs uyg'otgan

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

Diniy erkinlik nima?

Indiana shtatida qabul qilingan yangi qonun gomoseksual shaxslarning huquqlarini kamsitishi mumkinligi haqida bahslar kuchaymoqda. U, ayni paytda, Amerikada diniy erkinlikni qanday tushunish kerakligi yuzasidan munozarani ham avj oldirgan.

Your browser doesn’t support HTML5

Bir jinslilar huquqi va diniy erkinlik, Behzod Muhammadiy

O'tgan 10 yil ichida Amerika jamiyatida tushunchalar keskin o'zgardi. Hozir qariyb 40 bir jinsdagilar o'zaro turmush qurishi mumkin.

Endi esa bahs diniy erkinlik mavzusiga kelib taqaldi, deydi "Religion Dispatches" internet jurnali muharriri Sara Pozner.

"Bahs, bir tomondan, bir jinslilarning nikohiga qarshi bo'lgan odamlardan chiqyapti. Madaniyatlar o'zgarib, ular oila tengligi munozarasida yutqazgach, endi o'z diniy e'tiqodlarini himoya qilishning boshqa yo'llarini qidirishyapti", - deydi u.

Oilaviy qadriyatlarni himoya qilayotganlar, asosan, konservativ nasroniylar. Ular yangi qonunning tub aholi huquqlarini himoya qilish uchun berilgan istisno holatlari bilan bir xil ekanini aytmoqda.

Boshqalar esa bu qonun biznes egalariga bir jinsli odamlarni ishdan haydash huquqini beradi, deya xavotirda.

"Bu qonunni noto'g'ri tushunishyapti, unga noto'g'ri baho berishyapti", - deydi Indiana gubernatori Mayk Pens.

Huquqshunos Kristina Ariaganing aytishicha, bir jinslilar huquqi faollari ehtimoliy diskriminatsiya mavjudligini ushlab olib, Indiananing Diniy erkinlik va restavratsiya qonunini yomonotliq qilishga urinmoqda.

"Diniy huquqlarga kelganda, diskriminatsiyaga oid qonunda istisnolar bor. O'tgan 22 yil ichida hech kim hech qayerda bunga qarshi chiqmagan", - deydi u.

Ammo yangi bahslar diniy erkinlikning nimani anglatishi bo'yicha fikrlar hali yakdil emasligini ko'rsatmoqda.

"Uyda bo'lasizmi, ishdami, o'z e'tiqodingizga ko'ra yashay olishingiz kerak. Faqat juma, shanba yoki yakshanba kuni emas, balki chorshanba kunlari ham", - deydi huqushunos.

Ammo Poznerga ko'ra, ba'zan odamlarni dindan himoya qilishga ham to'g'ri keladi.

"Odamlarning diniy huquqlari hukumat harakati bilan to'siladigan bo'lsa, liberallar diniy erkinlikni qattiq himoya qilish tarafdori. Ammo bu huquqlar uchinchi bir tomonga halaqit bersa, ular diniy erkinlikning bu qadar keng bo'lishini xohlamaydi", - deydi u.

Oliy sud yaqinda shtatlarda bir jinsli nikohlarni taqiqlash huquqi bor yoki yo'qligi yuzasidan o'z qarorini beradi. Agar sud shtatlarda bunday huquq yo'q deb topsa, diniy erkinlik va fuqarolik huquqlari o'rtasidagi chegarani aniqlash yanada qiyinlashadi.