Inqirozlarni o’rganuvchi guruh O’shda faollarga bosimni qoraladi

  • Amerika Ovozi
Inqirozlarni o’rganuvchi xalqaro guruh (International Crisis Group) Qirg’iziston janubida huquq himoyachilari va faollar tahqirlanib, so’roqqa tutilganini qoralamoqda.

O’shda oy boshida xalqaro guruh bilan ko’rishgan ikki huquq faoli va yana uch shaxs xavfsizlik xodimlari tomonidan tutib, savol-javob qilingan, ularning uyi tintuv qilingan.

Bu insonlarning aybi Inqirozlarni o’rganuvchi xalqaro guruh vakili bilan uchrashgani edi, deyiladi tashkilot bayonotida.

Agar fuqarolar erkin fikr bildirib, almashish imkoniga ega bo’lmasa, Qirg’iziston ahli uzviy huquqidan mahrum qilinayotganidan nishona bu, deydi faollar.

17-noyabrda O’shda guruhning eksperti ham tutib, savol-javob qilingan va uning buyumlari tortib olingan.