Eronda Britaniya elchixonasi yopildi, Londondan eronlik diplomatlar haydalmoqda

  • Amerika Ovozi

Eronda Britaniya elchixonasi yopildi, Londondan eronlik diplomatlar haydalmoqda

Britaniya Eron moliyaviy sektoriga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirmoqda. Britaniya Tashqi ishlar vaziri Uilyam Xeygning aytishicha, rasmiy Tehron inson huquqlarini o'zida poymol etish bilan birga Suriya prezidenti Bashar al-Assadga ham bu ishda yordam bermoqda.

Xeyg bu haqda bugun Bryusselda Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari majlisida so'zlab, a'zo davlatlarni Eronga qarshi iqtisodiy jazo choralarini kuchaytirishga da'vat etgan.

Tehronda britan elchixonasi bir guruh to'da hujumiga uchraganidan so'ng rasmiy London diplomatik vakolatxonasini yopishga va Britaniyada ishlayotgan eronlik diplomatlarni haydashga qaror qilgan.

Bugun Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlar Eronni qo'shimcha sanksiya bilan jazolashga kelishgan. Eronning 180 rasmiysi va kompaniyasi qora ro'yxatga kiritiladi. Kelajakda Eron transport va energetika tizimlari bilan ham aloqani cheklash ko'zlanmoqda.