Qudratli olti davlat va Eron islomiy respublikaning yadro dasturiga doir salkam 10 yillik munozaraning birinchi dovonidan o’tgan ko’rinadi. Jenevadagi muloqotning ikkinchi bosqichida muzokarachilar to’rt kun tortishib, yakshanba kuni kechasi soat ikkida bitimni imzoladi.
AQSh Eronning atom ishtahasini bo’g’ish uchun dastlabki qadam tashlanganidan, Eron esa unga qo’yilgan sanksiyalardan ozod bo’lishga yaqinlashganidan xursand bo’lsa, Isroil kelishuvni tarixiy xato deb atamoqda.
Yevropa dam olish kuni tungi hordig’ini chiqarayotgan bir paytda AQSh, Fransiya, Britaniya, Xitoy, Rossiya, Germaniya, Eron va Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari nafaqat qit’a, balki butun dunyo umid bog’lagan muzokaralarda nihoyat muvaffaqiyatga erisha oldi.
AQSh prezidenti Barak Obama bitim ahamiyati haqida shunday dedi:
"Diplomatiya xavfsizroq dunyoga yo’l ko’rsatdi. Eron yadro dasturining tinch maqsadlarga qaratilganini, unda atom quroli yaratish rejasi yo’qligini tekshirish imkoniyati paydo bo’ldi", - dedi Obama.
Kelishuvga ko’ra, Eron kelasi olti oy mobaynida Fardodagi yadro zavodida yangi sentrifuga o’rnatmaydi, Natans inshootidagi sentrifugalar va Arakdagi reaktor ishini to’xtatadi, BMT inspektorlariga Fardo va Natansdagi zavodlarni kundalik ravishda nazorat etishga ruxsat berib, 20 foizgacha boyitilgan uran zaxirasini yo’q qilishi kerak bo’ladi. Mutaxassislarga ko’ra, Tehronda 200 kilogram atrofida shunday uran bor.
Buning evaziga Eron iqtisodiyotiga milliardlab dollar zarar keltirayotgan ayrim iqtisodiy sanksiyalar, jumladan, rangli metallar, avtomobil ehtiyot qismlari, neft va kimyoviy mahsulotlar savdosiga qo’yilgan cheklovlar olib tashlanadi, yangi jazo choralari joriy etilmay turadi, ammo islomiy respublika neft eksporti va bank tizimini nishonga olgan sanksiyalar kuchda qoladi. Tomonlar olti oydan so’ng masalaga yana qaytadi.
Endi tomonlar va’dasining ustidan chiqsa bas, deydi londonlik tahlilchi Mark Fitzpatrik.
"Majburiyatlar amaliga qarab kim masalaga jiddiy yondashayotganini bilsa bo’ladi. Ana shundagina har ikki tomonda bu ishning uddasidan chiqish mumkinligiga shubha qilayotgan taraflarga ularning xato qilganini isbotlasa bo’ladi", - deydi Fitzpatrik.
Shubha qilayotganlar esa kam emas. Eng kattasi Isroil. Shia mazhabidagi Eronni o’ziga raqib deb bilgan arab davlatlari ham Tehronning xalqaro izolyatsiyadan chiqishini istamaydi.
Xalqaro mojarolar guruhining Eron bo’yicha mutaxassisi Ali Voiz Tehron bitim shartlarini bajarishiga ishonadi.
"Bu Tehronning muzokaraga qaytib, kattaroq bitimga erishishi uchun juda muhim", - deydi ekspert.
Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Jenevada imzolangan hujjatni tanqidga oldi. Uning aytishicha, Eron atom qurolini yaratish salohiyatini saqlab qoldi. Sanksiyalar bekor qilingach, Tehron yadro dasturiga qo’shimcha cheklov qo’yilishga rozi bo’lmaydi, deydi u.
"Bu tarixiy bitim emas, tarixiy xato. Dunyo yanada xavfliroq bo’ldi endi, chunki undagi eng xavfli rejim eng xavfli qurolni qo’lga kiritishga salmoqli qadam qo’ydi", - dedi Netanyaxu.
Uning aytishicha, Isroil o’zini har qanday tahdiddan mudofaa qilish huquqi va burchiga ega.
"Biz Eronga yadro qurolini yaratishiga yo’l qo’ymaymiz", - dedi Netanyaxu.
AQSh davlat kotibi Jon Kerrining aytishicha, bitimga muvofiq Eron yadro qurolini yasashda qo’l keluvchi yuqori darajada boyitilgan urandan qutulishi kerak bo’ladi. Kam boyitilgan uran bilan esa bunday qurolni yaratib bo’lmaydi, deydi u.
"Eron uranni boyitish uchun qo’shimcha sentrifugalar ham qo’ya olmaydi. Jarayon sinchkovlik bilan nazorat qilinadi", - deydi Kerri.
AQSh Kongressi Vakillar palatasining Tashqi aloqalar qo’mitasi raisi Ed Roys Eron bilan erishilgan bitimdan ko’ngli to’lmaganini aytadi. Respublikachi qonunchiga ko’ra, hujjat AQSh va uning ittifoqchilarini himoya qilish uchun zarur talablarga javob bermaydi.
Ed Roysning aytishicha, kelishuv Eron yadro dasturini butunlay to’xtatmaydi, Tehron yadro qurolini yaratish salohiyatini saqlab qolgan. Qonunchi AQSh davlat kotibi Jon Kerrini Kongressga chaqirib, Eron bilan imzolangan bitimga doir savollarga javob berishini istaydi.
Respublikachi senator Saksbi Shamblis fikricha esa Eronga qo’yilgan iqtisodiy bosimni bo'sh qo'yishga erta hali.
"Sanksiyalar ish beryapti, demak ularga tegmaslik kerak", - deydi qonunchi.
Obamaning aytishicha, Tehron bitim talablarini bajarishdan bosh tortsa, jazo choralari tiklanadi. Agar rejaga amal qilsa, muzokarachilar olti oydan so’ng yana uchrashib, uzoq muddatli bitim xususida gaplashadi.
Eron atom quroli yaratmayotganiga ishontira olsa, qolgan sanksiyalar ham bekor qilinadi. Ammo, deydi tahlilchilar, keyingi bosqich muzokaralari yanada qiyinroq kechadi.