Your browser doesn’t support HTML5
Bugun Almatida Eron atom maqsadlari yuzasidan xalqaro muzokaralar davom etdi. Tehron diplomatlari BMT Xavfsizlik Kengashining besh doimiy a’zosi va Germaniya vakillari bilan fikr almashdi.
Eronga iqtisodiy yordam ko’rsatilishi mumkin, lekin buning uchun u o’z atom inshootlarini yopib, qo’lidagi boyitilgan urandan voz kechishi kerak.
Muzokaraning birinchi kuni samarasiz tugagani ma’lum, ammo bugun nimaga erishilgani haqida diplomatlar og’iz ochmayapti.
Eronning sharti shuki, xalqaro hamjamiyat bu davlatning uranni boyitishga haqqi borligini ochiq tan olishi kerak.
AQSh, Rossiya, Xitoy, Britaniya, Fransiya va Germaniya Tehron talabini qondirmoqchi emas. Boyitilgan uran atom bombasi yaratishda eng zarur materiallardan biri.
Lekin Eron maqsad atom energiyasi sanoatini rivojlantirish deb qayd etib keladi. Biroq BMT Xavfsizlik Kengashida unga nisbatan ishonch past.