Eron va uning atom dasturiga qarshi xalqaro hamjamiyat 24-noyabrgacha murosaga erisha oladimi?
Venada muzokaralar yopiq eshiklar ortida kechmoqda. Tomonlar vaqti-vaqti bilan achchiq so'zlar almashayotgani ma'lum.
Islomiy respublika yadroviy maqsadlari yuzasidan qanchalik ochiq gapirayotganiga ishonch past biroq AQSh, Britaniya, Fransiya, Germaniya va Rossiya diplomatlarining aytishicha, kelishuvdan boshqa yo'l yo'q.
Tehron atom dasturini chetga sursa, unga nima taklif qilinadi? Iqtisodiy ko'mak, sanksiyalarni bekor qilish va uni yakkalashdan to'xtash, deydi siyosatdonlar.
Rossiya nazarida Eronga ishonsa bo'ladi. Biroq Britaniya bu fikrdan yiroq.
Tehronga nisbatan qo'yilgan barcha cheklovlar olib tashlanmaydi, ammo uranni boyitishdan to'xtasa, ayrim sanksiyalar bekor qilinishi mumkin, deydi G'arb rasmiylari.
Eron bilan murosaga qarshi Turkiya va Saudiya Arabistoni Vashington bilan muzokarada. Vitse-prezident Jo Bayden hozir Anqarada muloqot olib bormoqda.