Jenevada AQSh Davlat kotibi Jon Kerri bilan uchrashgan Eron Tashqi ishlar vaziri Javod Zarifning aytishicha, Eron va uning yadro dasturi bo'yicha gaplashayotgan olti davlat muzokaralarning yangi davrasiga tayyor.
"Kelishilmay qolgan masalalarni hal qilish oson", - dedi Eron vaziri.
Kerriga ko'ra, uchrashuv har ikki davlatga pozitsiyalarni oydinlashtirishga imkon beradi.
Eron, AQSh, Fransiya, Xitoy, Rossiya, Britaniya, Germaniya bir yil muzokara qilib natijaga erisha olmagach, ikki oy oldin jarayonni yana bir yilga cho'zishga kelishilgan.
Xalqaro hamjamiyat Erondan uning atom dasturi tinch maqsadlarga qaratilganini isbotlashni so'rab, bir necha shartlar qo'ygan. Buning evaziga Tehronga iqtisodiy sanksiyalarni bekor qilish taklif etilmoqda.