Eronda ikki taniqli arbobga prezidentlik uchun bellashish taqiqlandi

  • Amerika Ovozi
Eronda ikki taniqli siyosiy arbobga kelasi oyda bo’lib o’tadigan prezidentlik saylovida qatnashish taqiqlandi. Ular mamlakatning sobiq prezidenti, mo’tadil siyosiy qarashlarga ega Hoshimiy Rafsanjoniy hamda Mahmud Ahmadinajod yordamchisi, konservativ qarashlardagi Esfandiyor Rahim Mashaiy.

Eron Ichki ishlar vazirligining seshanba kuni ma’lum qilishicha, katta qudratga ega Diniy kengash ikki arbobni 14 iyungi saylovda prezidentlik uchun kurashadigan sakkiz nomzod ro’yxatidan chiqarib tashlagan.

Prezidentlik uchun bellashaman deb yuzlab odamlar ariza bergan edi.

Inqilobiy kengash, oliy islomiy organ, so’zlovchisining dushanba kuni ma’lum qilishicha, prezident bo’lib ishlashga jismoniy jihatdan noloyiq deb topilgan odam nomzod bo’la olmaydi.

Kuzatuvchilar fikricha, Rafsanjoniy yoshi 78 da ekani uning poygadan chiqarib tashlanishiga sabab bo’lgan.

Ahmadinajod yordamchisi Mashaiy ismining nomzodlar ro’yxatidan chiqarilishini o’ta konservativ qarashda bo’lgan Oyatulla Ali Hominiyning o’zi hal qilgani aytilmoqda.

Nomzodlar ro’yxatida faqat oliy peshvoga sodiq odamlar qoldirilgan.

Amaldagi prezident Ahmadinajodning o’zi bu lavozim uchun yana bir marta bellasha olmaydi, chunki mamlakat konstitutsiyasiga ko’ra, bir shaxs president bo’lib ikki muddat xizmat qila oladi xolos.