Koronavirus dunyo bo’ylab hayot tarzini o’zgartirib yubordi. Oldin tasavvur qilish qiyin bo’lgan narsalar bugun voqelikka aylangan - ijtimoiy masofa, niqoblar, qo’lqoplar, qo’l uzatmasdan salomlashish.
Bu yilgi Ramazon oyi musulmonlar uchun ham o’zgacha kechmoqda. Masalan, Eronda koronavirus sabab masjidlar yopilgan, ommaviy diniy tadbirlar man qilingan. Biroq ba’zi imomlar vaziyatdan chiqishga muvaffaq bo’lmoqda. Musulmonlarga avtomobildan chiqmasdan ma’ruzani tinglash taklif etilmoqda.
Poytaxt Tehronning Eram bog’ida iftordan so’ng shia musulmonlar mashinalarda to’planib, Said Haddadian ismli maddoh chiqishlarini tomosha qiladi.
Maddohlar Eronda maxsus diniy sinf bo’lib, ma’yus qo’shiqlarida tarixdagi shia imomlarining fojialarini kuylaydi, ba’zan esa keskin ma’ruzalari bilan diniy va siyosiy arboblarni nishonga oladi. Masalan, Prezident Hasan Ruhoniyni.
Ba’zilar maddohlar Eron oliy diniy raisi Oyatulla Ali Xomeneiy manfaatlariga xizmat qilishini aytadi.
Eron Yaqin Sharqda koronavirus pandemiyasining o’chog’i bo’lib, shu onga qadar 101 mingdan ziyod odam virus yuqtirgan, 6400 dan ortig’i o’lgan.