Iroq armiyasi g'arbdagi Anbar viloyatida "Islomiy davlat" jangari guruhiga qarshi hujum boshlagan. Hukumat kuchlariga shia va sunniy jangchilar yordam bermoqda.
Jangarilar Ramadi va Falluja kabi yirik shaharlarni nazorat etmoqda. "Islomiy davlat" Anbar viloyatining poytaxti Ramadini o'tgan yil mayida ishg'ol qilgan edi.
AQSh yetakchiligidagi koalitsiya Iroq armiyasiga havodan yordam beryapti. Yakshanba kuni jangarilarga havodan 29 bor zarba berilgan.
BMTning Iroqdagi idorasi hisobiga ko'ra, 2014-yil yanvaridan beri zo'ravonliklar oqibatida 15 ming fuqaro nobud bo'lgan, shulardan 7800 nafari shu yili.