Iroq Transport vazirligiga hamlada kamida 20 odam o’lgan

  • Amerika Ovozi

Bag'dodda hukumat idorasiga hujum

Iroq mutasaddilarining aytishicha, Bag’dodda kecha hukumat idorasiga hamlada bir necha odam o’lgan.

Qurollangan olti shaxs Transport vazirligi binosiga bostirib kirib, odamlarni garovga olmoqchi bo’lgan.

Otishmada kamida 20 odam halok bo’lgan. Xavfsizlik xizmati hujumni qaytarib, vazirlik ustidan nazoratni qo’lga olgani aytiladi.

Hujumga javobgar kim ekani noaniq. Sal oldin al-Qoidaga aloqador guruh Iroqdagi hukumat idoralarini nishonga olgan edi.

Xususan, Falluja shahrida jangarilar va armiya o’rtasida olishuvlar hamon davom etayapti.

Your browser doesn’t support HTML5

Iroq kelajagi - US/Iraq