Sunniy deputat Iroq parlamentiga spiker bo'ldi

  • Amerika Ovozi

Iroq parlamenti

Iroq parlamenti mamlakatda yuzaga kelgan siyosiy inqirozni hal etish yo'lida bir qadam qo'ydi. Deputatlar spikerlikka nomzod bo'yicha kelishib oldi. Diyala viloyatidan qonunchi Salim al-Juburiy sunniy bo'lib, parlament endi bosh vazir va prezidentni ham tanlashi kerak.

AQShning 2003-yilgi istilosi natijasida Saddam Husayn tuzumi qulagach, siyosiy kuchlar sunniylardan spiker, kurdlardan prezident va shialardan bosh vazirni tayinlashga kelishib olgan.

Parlament 30 kun ichida prezidentni saylashi, u esa o'z navbatida 15 kun ichida parlamentdagi eng yirik fraksiyadan bosh vazirni tanlab, hukumat tuzishni so'rashi kerak.

2006-yilda bosh vazirlikka saylangan Nuri al-Malikiyning fraksiyasi parlamentda ko'pchilikni tashkil qilsa-da, ayrim qonunchilar undan lavozimini bo'shatishni so'ramoqda.