Iroqda bugun ketma-ket bombalar portlagan. Poytaxt Bag’dodda 26 kishi halok bo’lgan.
Xurujlardan birida politsiya idorasi nishonga olingan. Yetti kishi o’lgan.
Saldan keyin birvarakayiga uch portlash yuz bergan. 15 kishini hayotdan olib ketgan.
Kechga borib yana bir joyda bomba hujumi qilingan.
Biror guruh bu ishlarni o’z bo’yniga olmagan lekin hukumat ularda sunniy jangarilarni ayblamoqda.
Mosul bir oydan beri Iroq va Shom islomiy davlati deb nomlangan to’da nazorati ostida. Iroq rahbariyati va G’arb uni terror guruhi deb biladi. Iroq shimoli va g’arbida ko’plab hududlar hozir ularning iznida.
Suriyada 17-iyul kuni tabiiy gaz koni o’zini Islomiy davlat deb atovchi jangari guruh tomonidan qo’lga olinganida 270 kishi o’ldirilgan.
Bu borada inson huquqlari jamiyati ma’lumot to’plagan. Uning tasdiqlashicha, o’ldirilganlar qatl etilgan, hammasi askarlar, soqchi va ishchilar bo’lgan.
Hukumat kuchlari bilan olishuvda 40 jangari yo’q qilingan, 30 nafari qochib ketgan, deydi mahalliy faollar. Bu ma’lumotni huquq tashkilotidan boshqa biror tomon tasdiqlagani yo’q.
Damashq bu rost deb chiqsa, Suriyada urush boshlanganidan beri armiyaga qarshi qilingan eng yirik hujum shu bo’ladi.
Iroq va Shom islomiy davlati Iroq va Suriyada bir necha hududlarni egallab olgan va xalifalik e’lon qilgan. Yuroqidagi xuruj ularning ishi bo’lishi mumkin degan taxmin olg’a surilmoqda.