Bugun "Islomiy davlat" Iroq-Iordaniya chegarasida uch mashinada bomba portlatib, to'rt harbiyni o'ldirgan. 10 kishi og'ir ahvolda.
"Islomiy davlat" Iroqning katta hududlarini egallab olgan, jumladan Anbar viloyatini.
Kecha Anbarda 11 zobit o'ldirilgan.
Lekin Iroq armiyasi terrorchilar bilan qattiq kurashayotganini, qishloqlar ulardan birma-bir tozalanayotganini bildirmoqda. AQSh Iroq qo'shinlariga ko'makni oshirmoqda.
Har ikki davlat nazarida "Islomiy davlat" dan qutulish uchun yillab vaqt kerak.
Suriyada Jisr al-Shug'ur shahri terrorchilar qo'liga o'tgan. Mamlakat shimoli-g'arbidagi bu strategik hudud bugunga kelib al-Nusra fronti va uning hamkorlari nazoratida. Suriya armiyasi shaharni tark etgan. To'qnashuvlar davom etmoqda.
Al-Nusra al-Qoida terror tizimining Suriyadagi qanoti hisoblanadi va to'da BMT, AQSh, Rossiya, Turkiya va Britaniya singari davlatlar tomonidan terror tashkiloti deya tamg'alangan.
To'daning 8 mingga yaqin jangchilari safida markaziy osiyoliklar ham bor.