"Islomiy davlat" zaiflashdi, ammo o'lmadi

  • Amerika Ovozi

So’nggi paytlarda “Islomiy davlat” jihodchi to’dasi haqida ko’p xabar qilinmasa-da, guruh o’lmagan, dunyo bo’ylab terror faoliyatini davom ettirmoqda, Suriya, Afg’oniston, Iroq, Afrika va hatto Yevropada xurujlar uyushtirib turibdi.

Your browser doesn’t support HTML5

Xalqaro hayot – 18-dekabr, 2020-yil

Bir yil oldin AQSh Prezidenti Donald Tramp Daish mag’lubiyati, Suriya va Iroqda katta hududlarni boy bergani haqida e’lon qilgan edi. Joriy yilda jihodchilarga aloqador va xayrixoh odamlar Fransiya va Avstriyada begunoh insonlar hayotiga zomin bo’ldi.

Daish xalifaligining yemirilishi guruhning Afrikadagi salohiyatini zaiflashtirmadi.

“Afrikada “Islomiy davlat” mahalliy mojarolardan foydalanib, kuchayishga intilmoqda. G’arb mamlakatlarida Afrikadagi ixtiloflarga aralashishga xohish yo’q”, - deydi Vashingtondagi “Amerika tadbirkorlik instituti” tahlil markazidan Katerin Simmerman.

Prezident Tramp saylov kampaniyasi paytida AQSh qo’shinlarini xorijdagi cho’zilib ketgan mojarolardan chiqarishga va’da bergan edi va Somali, Suriya, Afg’oniston va Iroqda harbiylar sonini kamaytirishga muvaffaq bo’ldi.

Iroq shimolidagi neftga boy va bahsli hududlarda Daish mahalliy aholining ularni himoya qilishga safarbar etilgan Iroq armiyasi va shia jangchilariga bo’lgan ishonchining yo’qolib borayotganidan foydalanmoqda.

“Iroq xavfsizlik va adliya tizimlarida ildiz otgan korrupsiya va layoqatsizlik tufayli bu hududlarda Daish harakatlari uchun sharoit mavjud”, - deydi Pensilvaniya universitetida “Islomiy davlat” to’dasi bo’yicha mutaxassis Muhammad Solih.

2020-yilda AQShda jihodchilar va radikal musulmonlar tomonidan birorta xuruj amalga oshirilmadi. Ammo Yevropada 2019-yilda bo’lgani kabi xurujlarda kamida 9 odam o’ldi.