"Islomiy davlat"dan o'g'irlangan fayllar o'rganilmoqda

  • Amerika Ovozi

"Islomiy davlat" a'zolari haiqdagi hujjatlar

Germaniya va boshqa davlatlar razvedka idoralari "Islomiy davlat" ekstremist guruhidan o'g'irlangan, uning minglab a'zolari haqida batafsil ma'lumot beruvchi fayllarni o'rganib chiqmoqda.

Britaniyadagi "Sky News" telekanali ma'lumotlar yozilgan fleshkani bu guruhning sobiq bir a'zosi yetkazib bergani haqida xabar tarqatdi. Jami 22 ming jihodchining ism-sharifi, turar joyi va ular bilan qanday bog'lanish haqidagi noyob informatsiya bu.

Ularni topib, sudga tortish mumkin bo'ladi, deydi Germaniya Ichki ishlar vaziri Tomas de Mezyer.

Britaniya, Germaniya va Suriyadan olingan ma'lumotlarga ko'ra, fleshkada 51 davlatdan "Islomiy davlat"ga qo'shilgan odamlar ismi bor. Ular a'zolikka kirish uchun 23 savolga javob berishi ma'lum bo'ldi.

Agar razvedka qo'liga tushgan fayllar haqiqiy deb topilsa, buning ahamiyati beqiyos, deydi sobiq razvedkachi Richard Barret.

Hujjatlarni o'g'irlagan shaxs o'zini Abu Hamid deb tanishtiradi. U Ozod Suriya armiyasi safida jang qilgan, so'ngra jihodchilarga qo'shilgan. Guruhni tark etdim, deydi u, chunki u islomiy qadriyatlarga ortiq rioya qilmayapti.