Isroil politsiyasining bildirishicha, Iordan daryosining g'arbiy sohilida yahudiy ekstremistlar sodir etgan yong'inda falastinlik go'dak nobud bo'lib, bir necha kishi jarohatlangan.
Rasmiylar deydiki, Duma qishlog'idagi xonadon yoqib ketilib, devoriga yahudiy tilida yozib ketilgan. Isroil politsiyasi hujumchilarni qidirmoqda.
Falastin tomoni voqeada Isroilni ayblayapti.
Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu hujumni tanqid qilmoqda. "Vahshiyona, nafratomuz bir hujum bi. Terrorizm bu. Isroil hukumati ijrochilar kim bo'lishidan qat'i nazar terrorchilarni javobgarlikka tortadi", - deydi u.
Isroillik ekstremistlar yillar davomida falastinliklar, isroillik arablar va hatto Isroil harbiy bazalariga hujumlar uyushtirib keladi. Bu bilan ular Isroil hukumatining Falastinga nisbatan xayrixoh siyosatiga qarshilik bildiradi.