Isroil Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarni to'xtatib qo'ydi

  • Amerika Ovozi

Quddus do'konlarida

Isroil hukumati Yevropa Ittifoqi joriy etgan ayrim savdo qoidalariga norozilik bildirib, ittifoq bilan diplomatik aloqalarni to'xtatib qo'ydi. Xususan, Isroil istilosidagi G'arbiy Sohil va boshqa hududlarda tayyorlangan mahsulotlar markirovkasini o'zgartirish talabi Isroil qarshiligiga uchramoqda.

Bosh vazir Benyamin Netanyaxuning aytishicha, hukumat Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarni qayta ko'rib chiqmoqda, bu jarayon davom etgunga qadar, barcha aloqalar muzlatiladi.

Yevropa Ittifoqi bo'lajak Falastin davlati tarkibiga kirishi ko'zda tutilgan hududlarda ishlangan mahsulotlar yorlig'ida ularning Isroilda emas, balki istilo qilingan hududlarda ishlab chiqarilgani qayd etilishini talab qilmoqda. Isroil nazarida bu qaror ortida siyosiy sabablar bor.

Yevropa mamlakatlari Isroil 1967-yilgi urush natijasida tortib olgan G'arbiy Sohil, G'azo Sektori, Sharqiy Quddus va Suriyaning G'o'lan tepaliklarini Isroil hududlari sifatida tan olishdan bosh tortib keladi.