Al-Aqso masjidi yana musulmonlar uchun ochiq

  • Amerika Ovozi

Al-Aqso masjidi

Isroil Quddusning eski qismida joylashgan al-Aqso masjidiga kirishda oy boshida o’rnatilgan metallodetektorlarni olib tashlaganidan so’ng bungacha Isroilning bu qarorini boykot qilib masjidga kirishdan bosh tortgan musulmonlar endi ertaga juma namozini al-Aqsoda o’qiydigan bo’ldi.

Falastinliklar ko’chaga chiqib, xursandchilik qildi bugun.

Falastin Prezidenti Mahmud Abbos esa musulmonlarni masjidga qaytishga chaqirdi.

Isroil bungacha nazorat kameralari ham o’rnatgan edi, ular ham olib tashlangan. 14-iyul kuni qurollangan arablar ikki yahudiy politsiyachini o’ldirganidan so’ng Isroil ana shunday qarorga kelgan edi, biroq chora musulmonlar tomonidan keskin qoralandi.