Isroil hujumi G'azoda bir oilani nobud qilgan

  • Amerika Ovozi

G'azo sektori, 23-avgust, 2014

Isroil havo hujumlaridan G’azo sektorida bir oila nobud bo’lgan. Besh kishi o’lgan.

8-iyulda boshlangan harbiy harakatlar hozirgacha 2090 falastinlikni, jumladan 500 ga yaqin bolani hayotdan olib ketdi.

HAMAS hujumlaridan esa Isroilda 68 kishi halok bo’lgan, aksariyati harbiylar.

Kecha HAMAS Isroilga ayg’oqchilik qilganlikda ayblab 18 arabni qatl etgan. Qatllar omma ko’zi oldida, masjidlar yonida amalga oshirilgan.

Isroil HAMASni kuchsizlantirmaguncha hujumlarni to’xtatmoqchi emas. HAMAS esa “yahudiy davlatni yo’q qilmas ekanmiz, falastinliklarga tinchlik yo’q” deya bayon qilmoqda. Arablar qo’zg’alishi kerak va Isroilga qarshi kurash boshlashi lozim, deydi HAMAS yetakchilari.

Falastinning ikkinchi qismi, prezident Mahmud Abbos boshchiligidagi FATH esa HAMASning hozirgi qadamlarini yoqlamay keladi. Hozirgi urushga chek qo’yish kerak. Qurol bilan tinchlikka erishib bo’lmaydi, deydi Abbos.