AQSh tarixida oliy sudyalikka ilk bor qora tanli ayol tasdiqlandi

  • Amerika Ovozi

Ketanji Braun Jekson yozda iste’foga chiqish niyatini bildirgan 83 yashar liberal sudya Stiven Brayerning o’rnini egallaydi.

AQSh Oliy sudi mamlakat tarixida ilk bor qora tanli ayol sudyaga ega bo’ldi. Senat Ketanji Braun Jeksonning ushbu lavozimga nomzodini tasdiqladi. Prezident Jo Bayden saylov kampaniyasi paytida federal adliya tizimini irqiy tarafdan xilma-xillashtirishga so’z bergan edi.

Jekson nomzodini demokrat qonunchilarning barchasi qo’llab-quvvatladi. Ovoz berish jarayonida uch respublikachi senator ham ularga qo’shildi. 51 yashar huquqshunos bungacha federal apellyatsiya sudida ishlagan edi.

Respublikachilarning Senatdagi sardori Mitch Makkonel nazarida, Jeksonni bu lavozimga “radikal so’lchilar” ko’rsatgan.

1789-yildan beri AQSh Oliy sudi tarixida 115 sudyadan 112 nafari oq tanli, olti nafari esa, Jeksonni ham hisoblaganda, ayol kishi bo’lgan. Hozirning o’zida 9 sudyadan to’rt nafari ayollar. Oliy sud a’zosi bir umrga saylanadi.

Jekson Oliy sudda yozda iste’foga chiqish niyatini bildirgan 83 yashar liberal sudya Stiven Brayerning o’rnini egallaydi.