Bugungi dunyo suratlarda - 10-yanvar, 2025

Kaliforniya shtatida o'rmon yong'inlari aholi mulkini kulga aylantirmoqda

Venesuelada Nikolas Maduro uchinchi prezidentlik muddatiga qasamyod keltirdi

Damashqda juma namozidan keyin aholiga bepul taom tarqatilmoqda, Suriya. 

10 kundan keyin Oq uyni egallaydigan Donald Trampni Nyu-York sudi jinoyat ishida aybdor deb topdi.

Prezidentligining birinchi muddatiga saylanish arafasida porno-aktrisa Stormi Denielsga eski intim munosabatlari haqida og'iz ochmaslik uchun saylov kampaniyasi hisobidan 130 ming dollar to'lab hujjatlarni sohtalashtirgan Tramp 34 ayblovning barchasi bo'yicha aybdor topilgan.

U AQSh tarixida jinoyatchilik o'tmishiga ega ilk prezidentga aylanmoqda. AQSh Konstitutsiyasida esa sudlangan shaxsning prezidentlik qilishiga taqiq joriy qilinmagan.

Nyu-York sudi Trampga jazo qo'llamadi. Aybdor shaxsning jinoyati nisbatan yengil hisoblansa, jinoyat takrorlanishining ehtimollari past bo'lsa yoki jazoga tortishdan naf bo'lmasa, sudya aybdorni shartsiz ozod etish vakolatiga ega.

Sudda masofadan video-muloqot orqali qatnashgan Tramp olti daqiqa so'zlab, jinoyat qilmagani, bu sharmanda sud og'ir tajriba bo'l

Misrda sayyohlar

XAMAS garovida halok bo'lgan Hamza Al-Zayad dafn etildi, Isroil janubi, Rahat shahri. 

2024-yil sayyohlar soni bo'yicha rekordini yangilagan Tokioga kelgan xorijliklar

Angliya shimoli-g'arbida muzlagan sharshara

Ovchilik festivalida, Doha, Qatar.