Yaponiyada saylovlar, hukmron koalitsiya qo’li baland keldi
Amerika Ovozi
Bosh vazir Shinzo Abening reformalari natijasida Yaponiya iqtisodiyotida o’sish kuzatildi, bizneslarning o’ziga ishonchi ortdi va eksport ko’lami oshdi.
Yaponiyadagi parlament saylovlarida hukmron koalitsiya qo’li baland keldi.
Your browser doesn’t support HTML5
Yapon "abenomika"si Yevropada qiziqish uyg'otdi/Shohruh Hamro
Your browser doesn’t support HTML5
Yaponiya va Janubiy Koreya aloqalari, Behzod Muhammadiy
Your browser doesn’t support HTML5
Yaponiya va Xitoy o'rtasida talash orollar/Nasiba Tohir
Your browser doesn’t support HTML5
AQShning minglab harbiylari Yaponiyani tark etadi, Shohruh Hamro hikoya qiladi
58 yoshli Bosh vazir Shinzo Abening Demokratik partiyasi boshliq alyans yuqori palatada ko’pchilik o’rinni qo’lga kiritdi.
U shu tariqa 2006-yildan beri Yaponiyada hukmron eng barqaror rahbariyat degan nomni olmoqda.
Bundan e’tiboran, Abening koalitsiyasi parlamentning ham quyi, ham yuqori palatasida ustun.
Tahlilchilar nazarida mazkur g’alaba bosh vazirning “abenomika” deya tanilgan iqtisodiy siyosati mahsulidir.
Uning reformalari natijasida Yaponiya iqtisodiyotida o’sish kuzatildi, bizneslarning o’ziga ishonchi ortdi va eksport ko’lami oshdi.