Yaponiya AQShga uran va plutoniy zaxiralarini topshirmoqda

  • Amerika Ovozi

Yaponiya bosh vaziri Shinzo Abe va AQSh prezidenti Barak Obama Gaagadagi yadro xavfsizligi sammitining ochilish marosimida, 24-mart, 2014-yil.

Yaponiya Qo'shma Shtatlarga 300 kilogammdan ziyod yuqori boyitilgan uran va plutoniy zaxirasini topshirishga kelishib oldi. Bu haqda Gaagada o'tayotgan yadro xavfsizligiga doir xalqaro anjumanda ma'lum bo'ldi.

Yaponiya bosh vaziri Shinzo Abe va AQSh prezidenti Barak Obama qo'shma bayonot qabul qilib, kelishuvni yadroviy xavfsizlik yo'lidagi jiddiy yutuq deb atadi.

Yuqori boyitilgan uran va plutoniydan atom quroli yaratish mumkin. Yaponiya bu moddalarni AQShdan 1960-yillarda ilmiy izlanish uchun olgan.

Gaagadagi anjumanda 53 mamlakat, jumladan Qozog'iston vakillari ishtirok etmoqda.

AQSh davlat kotibi Jon Kerri Qrim bilan bog’liq vaziyat AQSh va Rossiyaning Suriya kimyoviy qurollari bobidagi hamkorligiga putur yetkazmaydi, degan umidda. Ma’lumki, bu ikki davlat qurollarni yo’q qilish dasturiga bosh bo’lgan.

Kerri bugun Gaagada Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti qarorgohida so’zlar ekan, Rossiya bilan bu boradagi hamkorlik Ukraina bo’yicha mavjud ziddiyatga qaramay davom etishiga umid qilaman, dedi.

"Suriyani kimyoviy qurollardan xoli qilish global vazifa", - dedi Kerri.