Davlat kotibi Jon Kerri Isroil va Falastin o’rtasida murosaga yaqin turibmiz, deydi.
Yaqin Sharqda to’rt kun tinimsiz muloqotlar olib borgan Amerika bosh diplomati nazarida ikki tomonlama muzokaralar tez orada qayta jonlanishi mumkin.
Kerri bu haqda bugun Tel-Aviv aeroportida jurnalistlar bilan gaplashdi, biroq aniq sanani tilga olmadi.
Isroil va Falastin o’rtasida tinchlik muzokaralari, mana to’rt yildirki, siljimay turibdi.
Aeroportga yo’l olishdan oldin Amerika rasmiysi Ramallohda Falastin ma’muriyati prezidenti Mahmud Abbos bilan uchrashib oldi.
Falastin muzokarachisi Soyib Erekat nazarida Kerri-Abbos muloqoti ijobiy ruhda o’tgan, ammo salmoqli natijalarga erishilmagan.
Shanba kuni Jon Kerri Quddusda Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan bir necha soat fikr almashgan.
Netanyaxuning aytishicha, Isroil xavfsizlik masalasida manfaatlaridan voz kechmaydi.
Falastin rahbari esa G’arbiy sohilda yahudiylar uchun uylar qurishni bas qilishni talab qiladi. Ushbu hududni Falastin ahli o’z davlati uchun mo’ljallab keladi.