Iordaniya "Islomiy davlat" bilan mahbus ayirboshlashga rozi

  • Amerika Ovozi

"Islomiy davlat" iordaniyalik harbiy uchuvchini garovga olgan, uning onasi o'g'lining suratini qo'lida ushlab turibdi

Iordaniya Axborot vaziri Muhammad al-Momaniyning aytishicha, uning hukumati "Islomiy davlat" bilan mahbus ayirboshlashga rozi.

Jihodchilar Iordaniya qamog'idagi safdoshini ozod etishni talab qilib evaziga garovda saqlanayotgan iordaniyalik uchuvchini qo'yib yuborishga so'z bergan. Talab 24 soat ichida bajarilmasa, "Islomiy davlat" pilotni qatl etishini aytgan.

Al-Momaniy jihodchilar qo'lidagi ikkinchi odam, yaponiyalik jurnalist Kenji Gotoni tilga olmadi. Yaponiya hukumati uni ozod etishda Iordaniyadan yordam so'ragan, aks holda uning boshi olinishi mumkin.

Bungacha jihodchilar bu mamlakatning boshqa bir fuqarosini qatl etgan.