Bugungi dunyo suratlarda - 17-iyul, 2024

Britaniya qiroli va qirolichasi yangi parlament vakillari bilan uchrashuvda

Iroq shialari payg'ambar Muhammad S.A.V. nabirasi Imom Husayn qatl etilgan sanani xotirlab, Ashuro kunida uning maqbarasi atrofida motam tutmoqda, Karbalo, Iroq. 

Ashuro kuni munosabati bilan o'ziga ozor berayotgan shialar qatlami vakili, Hindiston. 

BMTning Nyu-Yorkdagi Xavfsizlik Kengashi binosida XAMAS garovga olgan isroilliklarni ozod etish choralarini ko'rishni talab qilayotganlar

G'azoning Nuseyrat qochqinlar lagerida Isroil kuchlari zarbasidan qulagan Abdulloh A'zam masjidi minorasi. Sektorda so'nggi 24 soatda 81 nafar falastinlik o’lgan. 

 

"Qamalamiz, biroq armiyaga bormaymiz" shiori ostida harbiy xizmat chaqiruviga qarshi chiqayotgan ultra-ortodoks yahudiylar, Isroil. 

Gretsiya hukumati rekord jazirama qayd etilayotgan hududlarda bizneslarni ayrim soatlarda yopmoqda. Suratda Qizil Xoch jamiyati ko'ngillilari Afinada ichimlik suvi tarqatmoqda. 

Nyu-Jersi shtatida o'rmon yong'ini