Bugungi dunyo suratlarda - 18-iyul, 2024

Fransiya g'arbida suv ombori qurilishiga qarshi namoyishni tarqatishda politsiya qo'llagan yoshlantiruvchi gaz kanistrasi yong'inga sabab bo'ldi
 

G'azoning Xon-Yunus shahridagi bugungi manzara
 

Ispaniya sohillariga qayiqda arang yetib kelgan migrant

Bangladeshda hukumat televideniyesi qarshisida namoyish. Talabalar Pokistondan ozodlik uchun 1971-yil kurashgan veteranlarning qarindoshlariga ish o'rinlari kvotasini saqlab qolishga qarshi chiqmoqda. Keskin tus olgan to'qnashuvlarda o'nlab fuqaro halok bo'lgan. 

 

Shotlandiyada golf bo'yicha Britaniya chempionatining ikkinchi turi

Isroil-XAMAS urushi davom etar ekan, Tel-Avivda portlash sodir bo'lgan xonadon

Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius mamlakat harbiylari bilan, Ekkernfyorde shahri. 

 

Yamanda Isroil bosqiniga qarshi namoyish

Internet ta'minoti uzilgani ortidan avia-parvozlar, banklar, ommaviy axborot vositalari va servislar biznesida faoliyat to'xtab qoldi.

Suratda Atlanta aeroportida yo'lovchilar qaytadan chipta olmoqda.