Bugungi dunyo suratlarda - 28-iyul, 2020

  • Amerika Ovozi

Qurbon hayitga tayyorgarlik. Pichoqlar charxlanmoqda. G'azo sektori.

Bulut. Tailand.

Qo'y qurbon bo'lishni istamayotgan ko'rinadi. Senegal.

AQSh inson huquqlari uchun kurashgan  taniqli shaxs, kongressmen Jon Lyuis bilan vidolashmoqda. Sobiq qonunchining tobuti 27-iyul kuni Kapitoliy binosiga keltirildi. Amerika xalqi ikki kun davomida karantin qoidalariga rioya qilgan holda Jon Lyuisni ziyorat qiladi. Vashington shahri.

Qamoqxona mahbuslari hukumatdan virusdan saqslanish uchun himoya vositalari bilan ta'minlashni talab qilmoqda. Boliviya.

Kishilar koronavirus qurboni bo'lgan yaqinlarining yerga qo'yilish jarayonini kuzatmoqda. Salvador.

Tish doktori va yordamchisi ish ustida. Indoneziya.

Kungaboqar. Germaniya.

Kashmirda darslar ochiq osmon ostida o'tilmoqda

Donald Trampni qo'llab-quvvatlovchi saylovchilardan biri. AQSh.