Bugungi dunyo suratlarda - 5-iyul, 2024

Bugun - 5-iyul kuni Leyboristlar partiyasi lideri Kir Starmer Qirol Karl III huzurida bo'lib, rasman Britaniya bosh vazirligi lavozimiga tasdiqlandi.

Mamlakatda o'tgan parlament saylovlarida 10 yildan ziyod muxolif kuch sifatida faoliyat yuritgan Leyboristlar partiyasi ustunlikka erishgan. Natijada, hukmron Konservatorlar partiyasi lideri - mamlakatning shu kungacha bosh vaziri bo'lgan Rishi Sunak hokimiyatdan ketdi.

Sunak raqibini g'alaba bilan qutlab, hokimiyat tinch yo'l bilan, o'rnatilgan tartib-qoidalar asosida topshirilganini ma'lum qildi.

Beril to'fonidan keyin Meksika sohillaridagi manzara

Falastinliklar Jenin shahrida Isroil kuchlari reydidan keyin binoni ko'zdan kechirmoqda, G'arbiy Sohil. 

Yevro-2024: Germaniya va Ispaniya jamoalari chorak final bahsida kuch sinashmoqda

Nyu-Jersida 4-iyul oqshomida Mustaqillik kuni mushakbozligi

Yevro-2024: Ispaniya muxlisi