Bugungi dunyo suratlarda - 19-iyun, 2024

"Neftni to'xtating" nomli tashkilot faollari global isish muammoasiga e'tibor qaratish uchun "Stounxenj" yodgorligiga apelsin rangidagi moddani sepmoqda. Ikki kishi hibsga olingan, Britaniya

 

Myanmada sobiq rahbar Au San Su Chi tarafdorlari uning 79 yoshini nishonlamoqda. Mamlakat harbiy xunta boshqaruviga o'tganidan keyin Au San Su Chi hibsga olingan edi.

Isroil bombalaridan qochayotgan falastinliklar, Rafah, G'azo janubi

Gretsiyada o'rmon yong'inlari, Koropi shahri

Jaziramada konteynerlarni suv bilan to'ldirayotgan hindistonliklar, Dehli, Hindiston. Poytaxtda suv va elektr taqchilligi kuzatilmoqda.

Toshqin paytida maktabda boshpana topgan bangladeshliklar, Silxet rayoni

 

AQSh Vakillar palatasi sobiq spikeri Nensi Pelosi Tibet diniy rahnamosi Dalay Lama bilan salomlashmoqda. Bir guruh amerikalik qonunchilar Hindistonda Dalay Lama bilan uchrashgani Xitoyni g'azablantirdi.

Ispaniya Harbiy-havo kuchlarining akrobatika jamoasi qirol saroyi ustidan uchib o'tmoqda.

Erkaklar modasi haftaligi, Fransiya

Yevro-2024 chempionati: Germaniya Vengriyani 2:0 hisobda mag'lub etdi.

Jazirama, Kosovo