Bugungi dunyo suratlarda - 26-iyun, 2024

Seulda jazirama yoz, Janubiy Koreya. 

Xayriya tashkilotlari tarqatayotgan taom uchun navbatda turgan falastinlik bolalar, Xon-Yunus shahri, G'azo sektori. 

Yevro-2024: Futbol bo'yicha Germaniyada o'tayotgan chempionatda Ukraina muxlislari frontda halok bo'lgan askar va futbol ishqibozi Nazari Grinsevich portreti va "Tinchlikning badali bor" degan yozuvni namoyish qildi

 

Yevro-2024: 1:1 hisobida yakunlangan o'yinda Slovakiya jamoasi darvozaboni Ruminiya hujumchisi bilan qarama-qarshi kelgan jarayon, Frankfurt, Germaniya. 

Shri-Lankada maoshlarni oshirish talabi bilan namoyishga chiqqan o'qituvchilarni politsiya suv purkab tarqatishga urinmoqda

Kaliforniyada o'rmon yong'inidan keyingi manzara

Myanmada musodara qilingan narkotik moddalar yoqilmoqda

Venesuelada prezident sayloviga qo'yilmagan muxolifat lideri Mariya Korina Machado o'z tarafdorlari bilan uchrashuvda, Merida shtati.