Nyu-Yorkda ushlangan o'zbekistonlik Abdurasul Jo'raboyev "Islomiy davlat" nomli jangari guruhini ta'minlashga uringanlik aybini tan oldi. 25 yoshli Jo'raboyev Nyu-Yorkning Bruklin tumanida yashar edi.
U internetdagi veb-saytlarda Prezident Barak Obamani o'ldirish rejasi haqida yozib qoldirgan, "Islomiy davlat" to'dasiga xayrixohlik bildirib, Iroq va Suriyada xalifalik tarafdori ekanini aytgan.
U Suriyaga safar qilib, jangarilar safida jang qilishni rejalagan, lekin buning uchun mablag'i bo'lmagan. Agar Yaqin Sharqqa bora olmasa, Amerikaning o'zida hujumlar uyushtirish niyati bo'lgan, deyiladi sud hujjatlarida. U hamrohlari bilan safar planini tuzib, o'tgan yilning dekabrida Istanbulga bilet xarid qilgan.
Jo'raboyev shu hafta Nyu-York sudida aybini tan oldi. U 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Your browser doesn’t support HTML5
Your browser doesn’t support HTML5