Kobuldagi tug'ruqxonaga kim hujum qilgan?

  • Amerika Ovozi

Politsiya formasini kiygan jangarilar 12-may kuni Kobuldagi tug’ruqxonaga hujum qilib, 16 odam, jumladan yangi tug’ilgan ikki chaqaloqni o’ldirgach, bir necha ayol onasiz qolgan bolalarni emizishga rozi bo’ldi.

Your browser doesn’t support HTML5

Xalqaro hayot – 15-may, 2020-yil

Hujumga kim qo’l urgani hanuz ma’lum emas. Tolibon harakati fevral oxirida AQSh bilan tinchlik bitimi imzolaganidan so’ng shaharlarga hujumlarini bas qilganini aytarkan, Kobuldagi xurujga aloqasi yo’qligini ta’kidlamoqda.

“Chegara bilmas shifokorlar” xalqaro tashkiloti yuritayotgan Dashti Barchi kasalxonasiga qurollangan uch odam kirgani ma’lum. Xavfsizlik kuchlari bilan otishmada ular yo’q qilingan. Ichki ishlar va Sog’liqni saqlash vazirliklari rasmiylarining aytishicha, qurbonlarning aksariyati onalar, hamshiralar va bolalar.

Tug’ruqxona shia mazhabidagi hazoralar yashaydigan mahallada joylashgan bo’lib, shialarni islom dinidan adashganlar deb biluvchi “Islomiy davlat” jangari to’dasi ularga ko’p hujum qilgan. Xususan AQSh maxsus vakili Zalmay Xalilzod hujumda aynan “Islomiy davlat”ni ayblamoqda.

Prezident Ashraf G’ani kasalxonaga hujumni qoralab, qo’shinlariga jangarilarga qarshi hujumga o’tishni buyurgan.